20:50 / 24.03.2018
5 227

Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan arizalarni vaqtida ko‘rib chiqmagan organlar

Президент виртуал қабулхонасига келиб тушган аризаларни вақтида кўриб чиқмаган органлар
O‘zbekiston Prezidentining Virtual hamda Xalq qabulxonalari orqali vazirlik va idoralarga 2017 yilda 372,1 ming murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatning 1462 tasi belgilangan muddati buzilgan holda ko‘rib chiqilgan. Bu haqida Vazirlar Mahkamasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan majlisda ma’lum qilindi, deb xabar berdi O‘zA.

Muddat buzilishlar – Madaniyat vazirligida – 539 ta, “O‘zbekenergo” kompaniyasida – 338 ta, “Yergeodezkadastr” qo‘mitasida – 183 ta, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida – 136 tani tashkil etgan.

Mahalliy ijro hokimiyati organlarida O‘zbekiston Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalaridan kelib tushgan 30,4 ming murojaatning belgilangan muddatlari buzilgan holda ko‘rib chiqilgani aniqlangan.

Muddat buzilish holatlari Farg‘ona viloyati hokimligida 9,8 ming, Andijon viloyati hokimligida 6,5 mingtani tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan arizalarni vaqtida ko‘rib chiqmagan organlar