14:52 / 26.03.2018
5 579

27 mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?..

27 mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?..
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja iliq, Ustyurtda 0-2 darajagacha sovuq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20, ayrim joylarda 23 darajagacha iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1800 metrdan yuqori joylarda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 27 mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?..