17:58 / 26.03.2018
7 413

Samarqand dunyodagi eng go‘zal 15 shahar ichida 6-o‘rinda

Samarqand dunyodagi eng go‘zal 15 shahar ichida 6-o‘rinda
Avstraliyaning «Skyscanner» axborot portali ekspertlari «Instagram» ijtimoiy tarmog‘idan foydalanuvchilar uchun sayyoramizning eng go‘zal joylari reytingini tuzib chiqdi. Bu haqda «xs.uz» saytida xabar berilgan.

Yer yuzidagi 15 ta eng ajoyib shahar kiritilgan ro‘yxatning oltinchi pog‘onasidan o‘zining tarixiy durdonalari bilan dunyoga tanilgan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri ham o‘rin oldi.

Mutaxassislarning aytishicha, ular fotosuratlar olish uchun juda ham mos hamda unutilmas taassurotlar hadya etadi.

Quyida mazkur reyting bilan to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin:
1. Reykyavik, Islandiya;
2. Kvinstaun, Yangi Zelandiya;
3. Skay oroli, Shotlandiya;
4. Baykal ko‘li, Rossiya;
5. Annapurna, Nepal;
6. Samarqand, O‘zbekiston;
7. Giza va Luksor, Misr;
8. Yelloustoun milliy parki, AQSh;
9. Langkavi, Malayziya;
10. Machu-Pikchu, Peru;
11. Kioto, Yaponiya;
12. Guylin, Xitoy;
13. Nandi, Fiji;
14. Uluru, Avstraliya;
15. Kilimanjaro, Tanzaniya.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqand dunyodagi eng go‘zal 15 shahar ichida 6-o‘rinda