15:22 / 27.03.2018
4 047

O‘zbekiston Afg‘oniston masalasida rasmiy pozitsiyasini ma’lum qildi

O‘zbekiston Afg‘oniston masalasida rasmiy pozitsiyasini ma’lum qildi
O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati bilan «Tolibon» harakatining «oldindan shart qo‘ymaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik» asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni boshlash haqidagi qarorini qo‘llab quvvatlaydi. Bu haqda Kun.uz prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga tayangan holda xabar berdi.

«Ammo tinchlik sari harakatning eng asosiy sharti, bizningcha, avvalo mintaqa va global darajada kelishilgan, Afg‘oniston uchun yagona keng qamrovli tinchlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iboratdir», deydi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston yetakchisi afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish va ular bo‘yicha keng va qat’iy xalqaro konsensus - murosaga kelish borasida fikr bildirdi.

«Afg‘oniston hukumati va qurolli muxolifat o‘rtasida muzokaralarni boshlash mexanizmini ishlab chiqish va milliy kelishuv jarayoniga xalqaro hamjamiyat tomonidan ko‘mak berish bo‘yicha »yo‘l xaritasi«ni ishlab chiqish lozim», deydi davlat rahbari.

Afg‘onistondagi nizolar g‘oyat murakkab va qarama-qarshi xususiyatga ega ekanini, ularga turli kuchlar jalb etilganini e’tiborga olgan holda, shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyasidan kelib chiqib, anjumanda keng qamrovli tinchlik jarayonini uchta o‘zaro bog‘liq darajada amalga oshirish taklif etildi.

«Markaziy hukumat va qurolli muxolifatning asosiy kuchlari, birinchi navbatda, »Tolibon” harakati o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni boshlashni ta’minlash zarur.

Tomonlarning bir-biriga nisbatan savollari va talabi bo‘lajak muzokaralarda muhokama qilinishi mumkin.

Tinchlik jarayonining muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlash uchun afg‘onistonliklarning o‘zlariga tashabbus ko‘rsatish, muzokaralar qanday formatda, qachon va qayerda olib borilishi bo‘yicha tanlash imkonini berish kerak”, deb fikr bildirdi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston yetakchisining aytishicha, qurolli muxolifat vakillari, jumladan toliblar ham afg‘on jamiyatining bir qismi va Afg‘oniston fuqarolari sifatida o‘z mamlakati kelajagini belgilash uchun ovoz berish huquqiga ega.

«Bu borada parlament va prezidentlik saylovlarigacha bo‘lgan davrda afg‘onlar o‘rtasida o‘zaro muloqotni boshlash va shu tariqa jamiyatning barcha qatlamlari, jumladan, muxolifatdagi kuchlar ham yangi Afg‘oniston davlatini qurishda to‘laqonli ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratish g‘oyat muhimdir», deb ta’kidladi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Afg‘oniston masalasida rasmiy pozitsiyasini ma’lum qildi