00:05 / 28.03.2018
6 643

O‘zbekiston IIVda jiddiy tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston IIVda jiddiy tayinlovlar amalga oshirildi
Podpolkovnik Doniyor Baxtiyorovich Qodirov O‘zbekiston IIV terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. Bu haqda vazirlikdagi o‘z manbasiga tayanib Sof.uz xabar berdi.

Qodirov ilgari O‘zbekiston IIV jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Bundan tashqari, xabar qilinishicha, podpolkovnik Zokirjon Tohirovich Ahadov O‘zbekiston IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huquq-tartibot organlarida keng miqyosdagi islohotlarni amalga oshirgandi. Jumladan, O‘zbekiston IIV jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi negizida jinoyat qidiruv Bosh boshqarmasi hamda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash Bosh boshqarmalari tashkil etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston IIVda jiddiy tayinlovlar amalga oshirildi