«O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi

  • O‘zbekiston
  • 29-03-2018, 14:53
  • 956
  • «Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизмати тўғрисида»ги қонун маъқулланди
    Senatorlar «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi. Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 14 martdagi «O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilangan.

    Xizmat O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiladi.

    Mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

    O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo‘yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshiradi.

    O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo‘riqlaydi va himoya qiladi.

    Terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

    Iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma’naviy merosini himoya qiladi.

    Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;
    telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha kurash olib boradi.

    Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining ta’minlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi.

    Davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish kabi vazifalarni bajaradi.

    Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatiga oid ana shunday me’yorlar aks etgan qonun muhokamasi yuzasidan so‘zga chiqqanlar jahonda va mintaqamidagi mavjud murakkab vaziyat, terrorchilik va boshqa transmilliy jinoyatlarning kuchayayotgani xavfsizlikni kuchaytirishni taqozo etayotgani qayd etdi. Davlat xavfsizlik xizmatining mustahkam qonunchilik asosi yaratilgani bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Davlat xavfsizlik xizmatining tashkiliy-huquqiy mexanizmi yaratilgani demokrtishtirishga oid davlatimiz siyosatiga ham to‘liq mos keladi. Qonun tizimning xalq uchun ochiqligi ta’minlanishiga zamin yaratadi.

    » » «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi
    Яндекс.Метрика