Tojikiston bilan vizasiz rejim qanday amal qiladi?

  • O‘zbekiston
  • 29-03-2018, 15:20
  • 753
  • Тожикистон билан визасиз режим қандай амал қилади?
    O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida «Fuqarolarning o‘zaro safarlari to‘g‘risida»gi Bitim e’lon qilindi.

    Ma’lumot uchun: Bitim Prezidentning 14.03.2018 yildagi PQ–3604-son qarori bilan tasdiqlandi va mamlakatimiz uchun 19.03.2018 yildan kuchga kirdi.

    Norma’ning yozishicha, avvalgi ahdlashuvlar doirasida quyidagilar ikkala mamlakat hududida 30 sutka davomida bo‘lishi mumkin edi:

    • amaldagi diplomatik pasportlar egalari;
    • rasmiy davlat va hukumat delegatsiyalari tarkibida boruvchi fuqarolar;
    • xizmat safarlarini amalga oshiruvchi muayyan darajadagi mansabdor shaxslar (O‘zbekiston tomonidan – vazir o‘rinbosarlari va xizmat maqomiga ko‘ra ularga tenglashtirilgan shaxslar, viloyatlar hokimlari o‘rinbosarlari, respublika va viloyat bo‘ysunuvidagi tumanlar, shaharlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlaridan quyi lavozimda bo‘lmaganlar).

    Yangi tartibga ko‘ra O‘zbekiston va Tojikistonning barcha fuqarolari tegishli hujjatlari mavjud bo‘lganda 30 sutkagacha muddatga kirishlari, chiqishlari, tranzit o‘tishlari va vaqtincha bo‘lishlari mumkin. Davlatlarimizning chegaraoldi tumanlarida amal qilgan alohida rejim va bo‘lish muddati bekor qilindi.

    Xizmat vazifalari bo‘yicha kelgan fuqarolarni vaqtincha propiska qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish jadvalda ko‘rsatilgan hujjatlar, shuningdek xizmat va xizmat safari guvohnomalari asosida boj va yig‘imlarni undirmay amalga oshiriladi.

    30 sutkadan ortiq muddatga kirish va mamlakatda bo‘lish uchun viza rasmiylashtirish kerak. Ko‘p martalik kirish-chiqish vizalarini rasmiylashtirganlik uchun konsullik yig‘imi miqdori o‘zgarmadi: 6 oygacha – 10 AQSh dollari, 1 yilgacha bo‘lsa – 20 AQSh dollari. Bunda quyidagilar konsullik yig‘imi to‘lashdan ozod qilinadi:

    • fan, texnika, ta’lim, madaniyat, san’at va sport sohasida ayirboshlash tartibida boruvchi shaxslar;
    • Ulug‘ Vatan urushi faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1 va 2-guruh nogironlari – tegishli guvohnomalarni taqdim etganda;
    • 16 yoshgacha va 60 yoshdan oshgan fuqarolar;
    • taklif etuvchi o‘quv muassasalarining iltimosnomalari asosida o‘quv muassasalarida, kurslarda ta’lim oluvchilar.

    » » Tojikiston bilan vizasiz rejim qanday amal qiladi?
    Яндекс.Метрика