Davlat xavfsizlik xizmati kimga bo‘ysunadi?

  • 31 mart 2018, 09:27
  • 5 505
  • O‘zbekiston
  • Davlat xavfsizlik xizmati kimga bo‘ysunadi?
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma’qullangan «Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunda organ kimga bo‘ysunishiga oydinlik kiritilgan.

    Qonunning 18-moddasiga ko‘ra, DXX bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi. Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasini o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan muntazam ravishda xabardor qiladi.

    Xizmatning faoliyatida qonunlarning aniq hamda bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

    Shuningdek, DXXni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshqarishi ma’lum qilinmoqda. Ayni paytda, prezidentning DXX raisini tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadi.

    Davlat xavfsizlik xizmatida DXX raisi, uning o‘rinbosarlari, markaziy devoni bo‘linmalarining va DXX organlarining boshliqlaridan iborat tarkibda hay’at tuzilishi qonunda belgilangan. Hay’atning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Davlat xavfsizlik xizmati kimga bo‘ysunadi?