23:22 / 31.03.2018
6 644

DXX xizmatchisi qay holatda jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega?

DXX xizmatchisi qay holatda jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega?
Kuch ishlatilmaydigan usullar DXX harbiy xizmatchilarining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlamasa, ular ayrim hollarda shaxsan o‘zi yoki bo‘linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda «Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida shunday deyiladi.

Mazkur qonunning 26-moddasiga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga barham berishida jismoniy kuch ishlatishiga yo‘l qo‘yiladi. Shuningdek, harbiy xizmatchining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etishda, ushbu qonunda maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud DXX harbiy xizmatchilarining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.

Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma’qullangan mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanganidan so‘ng, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingach, kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » DXX xizmatchisi qay holatda jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega?