23:44 / 02.04.2018
5 680

O‘zbekistonda yana bitta vazirlik tuzildi

O‘zbekistonda yana bitta vazirlik tuzildi
Bugun “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda Ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bazasida vazirlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Farmon bilan Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasi Vazirlik huzuridagi qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi hamda Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi Qurilishda standartlashtirish respublika markazi etib qayta tashkil qilinishi belgilandi.

Bundan tashqari endi qurilish-montaj tashkilotlari reyestrini yuritish to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi.

Barcha tadbirkorlik subyektlariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi doirasida tovar (ish, xizmat)larni xarid qilish bo‘yicha tanlov (tender) savdolarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqi beriladi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashning soddalashtirilgan mexanizmini tasdiqlaydi. Unga ko‘ra, litsenziya shartnomasini imzolash zaruratini bekor qilgan holda, aniq va to‘liq litsenziya talablari va shartlari, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirish, moddiy javobgarlik hamda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tizimlari soddalashtiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yana bitta vazirlik tuzildi