08:30 / 05.04.2018
3 623

“Ziyorat” turizmi bilan bir guruh londonlik sayyohlar yurtimizga kelishdi (foto)

“Ziyorat” turizmi bilan bir guruh londonlik sayyohlar yurtimizga kelishdi (foto)
4 aprel kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK ziyorat turizmi doirasida HY202 reysi bilan bir guruh sayyohlarni Londondan Toshkentga olib keldi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar bermoqda .

Kelib chiqishi bangladeshlik bo‘lgan sayyohlarni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida MAK vakillari hamda ommaviy axborot vositalari kutib olishdi.

Foto:MAK matbuot xizmati
Mehmonlar qisqa ekskursiya safari davomida Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarining tarixiy diqqatga molik joylarini, shuningdek, O‘zbekistondagi Islom dinining muqaddas joylarini ziyorat qilishdi.

Foto:MAK matbuot xizmati
- Ajoyib mamlakatingizda o‘zgacha ruh bilan saqlanib kelinayotgan me’moriy yodgorliklar, qadimiy ana’nalar va urf-odatlaringiz haqda ko‘p eshitganmiz va, ayniqsa, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi haqda, - dedi jurnalistlar bilan suhbatda sayohat tashabbuschisi, guruh yetakchisi, Manchester universiteti o‘qituvchisi Mahsud Afzal. – Biz azaldan o‘lkangizga kelish va u bilan tanishishni istar edik. Bugun ana shunday imkoniyat tug‘ilib turganidan bag‘oyat xursandmiz.

Foto:MAK matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Ziyorat” turizmi bilan bir guruh londonlik sayyohlar yurtimizga kelishdi (foto)