08:03 / 06.04.2018
13 989

Prezident qarori: OTM rahbarlari va o‘qituvchilari maoshi o‘rtacha 25 foizga oshiriladi

Prezident qarori: OTM rahbarlari va o‘qituvchilari maoshi o‘rtacha 25 foizga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi «Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3655-son qarori qabul qilindi. Hujjat Prezident rasmiy saytida e’lon qilindi.

Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi choralar qo‘llanilishini nazarda tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini tabaqalashtirilgan holda:
  • oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilarining – o‘rtacha 25 foizga va stajer-o‘qituvchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega professor ish haqining miqdorlari o‘rtasidagi tafovutni ikki baravargacha oshirish;
  • ilmiy-tadqiqot muassasalarining fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish va innovatsiya ishlarida ishtirok etayotgan ilmiy xodimlarining — o‘rtacha 25 foizga va stajer-tadqiqotchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga va professor ilmiy unvoniga ega bosh ilmiy xodim ish haqining miqdorlari o‘rtasidagi tafovutni ikki baravargacha oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.

Belgilab qo‘yilmoqdaki, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab:
  • bazaviy doktoranturada ta’lim olayotgan shaxslarga – ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega bo‘lmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan) kichik ilmiy xodimning lavozim maoshi bazaviy miqdorlariga tenglashtirilgan stipendiyalar;
  • doktoranturada ta’lim olayotgan shaxslarga – fan nomzodi (yoki falsafa doktori (PhD) darajasiga va xorijiy davlatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ilmiy darajasiga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan yetakchi ilmiy xodimning lavozim maoshi bazaviy miqdorlariga tenglashtirilgan stipendiyalar to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 1 iyulgacha:
  • oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari, shuningdek, boshqa xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlarini;
  • ilmiy-tadqiqot muassasalarining fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlari loyihalarini amalga oshirish va innovatsiya ishlarida ishtirok etayotgan ilmiy hamda rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlarini ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda byudjet mablag‘lari hisobidan qayta ko‘rib chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident qarori: OTM rahbarlari va o‘qituvchilari maoshi o‘rtacha 25 foizga oshiriladi