10:50 / 06.04.2018
8 702

DXXning asosiy vazifalari qonun asosida belgilandi

DXXning asosiy vazifalari qonun asosida belgilandi
Kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonuniga imzo chekdi.

Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tartibga solish maqsadida qabul qilingan qonun 9 bob, 48 moddadan iborat. Qonunning to‘liq matni «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilindi.

Mazkur qonunning 2-moddasida DXXning asosiy vazifalari belgilangan.

Unda qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Temur
Temur 6 апреля 2020 19:13
Assalom alaykum meni dadam umr bo'yi pul yigib cobalt avtomobili xarit etmoqchi edi lekin qoraqalpogistonning beruniy tumanida yashovchi Matkarimov jasur tomonidan aldov yuli bilan olib quyilgan ichki ishlar ga 14martda ariza yozganman xamon natija yuq iltimos yordam berila

Yangiliklar » O‘zbekiston » DXXning asosiy vazifalari qonun asosida belgilandi