Islom Karimov: Namangan viloyatidagi shahar va tumanlarning ma’muriy chegarasini qaytadan ko‘rib chiqish talab etiladi

  • 27 noyabr 2015, 13:02
  • 4 710
  • O‘zbekiston
  • 26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. Majlisda viloyatda ma’muriy-hududiy tuzilish masalasida yuzaga kelgan jiddiy muammolar haqida atroflicha fikr yuritildi, deb xabar beradi O‘zA.

    Islom Karimov: Namangan viloyatidagi shahar va tumanlarning ma’muriy chegarasini qaytadan ko‘rib chiqish talab etiladi

    «Ba’zi joylarda qayerda shahar, qayerda tuman boshlanadiyu qayerda tugashini aniq bilib bo‘lmaydi. Bu borada, ayniqsa, Namangan tumani va Namangan shahrining ma’muriy chegarasini qaytadan ko‘rib chiqish talab etiladi.

    Amaldagi chegaralar shunday o‘tkazilganki, shaharning rivojlanishi uchun zaxira erlar nazarda tutilmagan va buning oqibatida tuman va shaharning erlari tutashib ketgan. Eng yomoni, shahar va tumanlar rahbarlarining hududlarni rivojlantirish masalasidagi mas’uliyati va javobgarligi aniq emas. Bu masalani atroflicha ko‘rib chiqib, uning amaliy echimini topishimiz kerak.

    Men sentyabr oyida Uychi, Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, viloyat rahbariyati tomonidan ko‘pgina sohalarda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilganiga, ayni vaqtda mamlakatimiz hukumatining ham Namanganga e’tibori birmuncha susayib qolganiga ishonch hosil qildim», — dedi Islom Karimov.


    Manba: Daryo.uz

    Фикрлар

    » » Islom Karimov: Namangan viloyatidagi shahar va tumanlarning ma’muriy chegarasini qaytadan ko‘rib chiqish talab etiladi