15:50 / 10.04.2018
5 390

Toshkentda doimiy yashovchi aholi soni qanchaga oshdi?

Toshkentda doimiy yashovchi aholi soni qanchaga oshdi?
O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 2018 yil 1 aprel holatiga 2475,9 ming kishini tashkil etib, 2018 yilning yanvar-mart oylarida 11,0 ming kishiga yoki 0,4 %ga o‘sgan.

2018 yilning yanvar-mart oylarida 10,1 ming bola tug‘ilgani qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 16,6 promilleni tashkil etib, 2017 yilga nisbatan 0,9 ga (2017 yilning mos davrida - 15,7 promille bo‘lgan) o‘sdi.

2018 yilning yanvar-mart oylarida 4,3 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, shundan 143 nafarini 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soniga to‘g‘ri kelmoqda. O‘lim koeffitsiyenti 7,0 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,1 ga o‘sdi (2017 yilning mos davrida - 6,9 promille bo‘lgan).

Poytaxt aholisining tabiiy o‘sishi 5,8 ming kishini tashkil etib va 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,6 ga o‘sishi (2017 yilning mos davrida 5,2 ming kishi bo‘lgan) kuzatildi.

FHDYo organlarida 2018 yilning yanvar-mart oylarida 3,1 mingta nikoh va 1,0 mingta nikohdan ajralishlar qayd etildi. 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 5,0 promilleni tashkil qilib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,1 ga o‘sdi (2017 yilning mos davrida - 4,9 promille bo‘lgan). Nikohdan ajralish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 1,6 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishsiz (2017 yilning mos davrida 1,6 promille bo‘lgan) qoldi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda doimiy yashovchi aholi soni qanchaga oshdi?