00:06 / 13.04.2018
4 923

Belaruslik videoblogerdan O‘zbekiston haqida lavha: Toshkent va Boysun (video)

Belaruslik videoblogerdan O‘zbekiston haqida lavha: Toshkent va Boysun (video)
Belaruslik taniqli sayohatchi va videobloger Vlad Maga avtostop bilan O‘zbekistonga kelgani va bu haqda videolavha tayyorlagani haqida avval xabar bergan edik.

Birinchi videolavhasida u O‘zbekistongacha bir tiyinsiz va tayinli rejasiz qanday yo‘l bosib kelgani, Buxoro va Samarqand shaharlarida bo‘lganini hikoya qilgan, lavhasi so‘ngida uni samarqandlik internet foydalanuvchilari Toshkent shahriga kuzatib qo‘yishgani haqida hikoya qilingan edi.

Vlad Maga O‘zbekistonga sayohati haqida hikoya qiluvchi lavhasining ikkinchi qismini o‘zining Youtube kanalida e’lon qildi.

Unda videoblogerni Troll.uz asoschisi Umid G‘afurov kutib olgani, Vlad Maga MY5 telekanali efirida qatnashgani, Toshkentning Chorsu bozorini aylangani, sotuvchilar bilan suhbatlashgani hikoya qilinadi.

U Toshkentdan Surxondaryoga yo‘l oladi va unga Muzaffar Yusupov hamrohlik qiladi. Surxondaryoda u Boysun tumanidagi Yuqori Machay va Pastki Machay qishloqlarida bo‘ladi, tog‘ qishlog‘ining bahoriy manzarasidan hayratga tushadi. Qishloqda joylashgan kollejga ham kirib ko‘radi. Odamlar bilan suhbatlashadi.

Lavhasi so‘ngida u Tojikiston sari yo‘l olar ekan, o‘z o‘quvchilarini o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va yashash tarzi bilan imkon qadar tanishtirishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidlab, bu yerga kelib barchasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga chorlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Belaruslik videoblogerdan O‘zbekiston haqida lavha: Toshkent va Boysun (video)