07:02 / 13.04.2018
4 659

O‘zbekiston Gretsiyaga konservalangan palov eksport qilishga hozirlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston Gretsiyaga konservalangan palov eksport qilishga hozirlik ko‘rmoqda
Unison Group kompaniyasi Milliy bank qoshidagi Eksportni qo‘llab-quvvatlash fondi ko‘magida Gretsiyaga konservalangan palov jo‘natishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daryo xabar berdi.

«Fond tomonidan mart oyi o‘rtalarida Food Expo Greece-2018 xalqaro ko‘rgazmasida 20 nafardan ortiq tadbirkorning ishtiroki tashkillandi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarda konservalangan palov katta qiziqish uyg‘otdi. Hozirda Gretsiyaning Molon Lave kompaniyasi bilan mazkur mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda», — dedi Milliy bank valyuta operatsiyalari departamenti direktori Jahongir Mustafoyev.

Unison Group birinchi bosqichda 50 ming dollarlik palov eksport qiladi. Mahsulot yetkazib berish shu yil may oyida boshlanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Gretsiyaga konservalangan palov eksport qilishga hozirlik ko‘rmoqda