TOP-10: Toshkent shahri sayohat qilish uchun eng mashhur shaharlar qatorida

  • O‘zbekiston
  • 18-04-2018, 19:30
  • 872
  • ТОП-10: Тошкент шаҳри саёҳат қилиш учун энг машҳур шаҳарлар қаторида
    O‘zbekiston poytaxti rossiyalik turistlar uchun bahorgi sayohat uchun eng mashhur o‘nta shahardan biri sifatida e’tirof etildi.

    Reyting 2018 yilgi ko‘klamgi sayohatlar mashhurligi tahlili natijalari asosida tuzildi. Unda Minsk(Belarus), Ostona(Qozog‘iston) va Baku(Ozarbayjon) dastlabki uchta o‘rinni egalladi.

    Toshkent shahri esa oltinchi o‘rinda qayd etildi. Undan so‘ng ro‘yxatdan Kishinyov (Moldoviya), Bishkek (Qirg‘iziston), Dushanbe (Tojikiston) va Ashxobod (Turkmaniston) joy olgan.

    Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, turistlar bahor mavsumida MDH shaharlariga, o‘rtacha olganda, uch kunga keladi va yashash hamda ovqatlanish uchun bir kecha kunduzda 65 AQSh dollari sarflaydi. Toshkent, Kishinyov, Bishkek turlarning arzonligi bo‘yicha, Ostona va Baku esa qimmatligi bo‘yicha yetakchiga aylandi.

    » » TOP-10: Toshkent shahri sayohat qilish uchun eng mashhur shaharlar qatorida
    Яндекс.Метрика