Turkmaniston Prezidenti Toshkentga kelmoqda

  • O‘zbekiston
  • 20-04-2018, 17:34
  • 1 204
  • Туркманистон Президенти Тошкентга келмоқда
    Foto: «President.uz»
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2018 yil 23 aprel kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.

    Davlat rahbarlari Ko‘ksaroyda tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazadi. Ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi. Tashrif dasturi keng va mazmunga boy tarzda tuzilgan, deyiladi Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov xabarida.

    Prezidentlarning poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasiga borishi, Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida qatnashishi mo‘ljallangan.

    Gurbanguli Berdimuhamedov 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga boradi. Urganch tumanidagi «Ulli hovli» yodgorligi, Xivadagi «Ichan qal’a» majmuasiga tashrif va boshqa madaniy tadbirlar rejalashtirilgan.

    » » Turkmaniston Prezidenti Toshkentga kelmoqda
    Яндекс.Метрика