22 aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

  • O‘zbekiston
  • 22-04-2018, 00:14
  • 992
  • 22 апрель куни Ўзбекистонда қандай об-ҳаво кутилмоқда?
    O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 22 aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +11 ... +13 daraja, kunduzi +27 ... +29 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +20 ... +25 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

    Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +13 ... +18 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

    Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +20 ... +25 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

    Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +2 ... +7, kunduzi +12 ... +17 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +10 ... +15, kunduzi +25 ... +30 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

    » » 22 aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
    Яндекс.Метрика