10:26 / 23.04.2018
6 838

Turkmaniston prezidentining davlatimizga tashrifi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda

Turkmaniston prezidentining davlatimizga tashrifi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda
Skrinshot: «O‘zbekiston 24»
Bugun, 23 aprel kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif Prezidentning Facebook’dagi sahifasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translayatsiya qilinmoqda.

Davlat rahbarlari Ko‘ksaroyda tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazadi. Ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi. Tashrif dasturi keng va mazmunga boy tarzda tuzilgan.

Prezidentlarning poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasiga borishi, Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida qatnashishi mo‘ljallangan.

Gurbanguli Berdimuhamedov 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga boradi. Urganch tumanidagi «Ulli hovli» yodgorligi, Xivadagi «Ichan qal’a» majmuasiga tashrif va boshqa madaniy tadbirlar rejalashtirilgan.
Туркманистон Президенти Гурбангули Бердимуҳамедов давлат ташрифи билан мамлакатимизга келди.

Туркманистон Президенти Гурбангули Бердимуҳамедов давлат ташрифи билан мамлакатимизга келди.

Опубликовано Шавкат Мирзиёев - Shavkat Mirziyoyev 22 апреля 2018 г.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turkmaniston prezidentining davlatimizga tashrifi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda