20:27 / 23.04.2018
3 957

Shavkat Mirziyoyev “Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” yuksak mukofotiga loyiq ko‘rildi

Shavkat Mirziyoyev “Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” yuksak mukofotiga loyiq ko‘rildi
Turkiya poytaxtida ishbilarmon kishilarning “EcoAvrasya” jamoatchilik birlashmasi tomonidan ta’sis etilgan “Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” yuksak mukofotining dastlabki laureatlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tarzda tashkil etilgan marosimda ushbu davlat Prezidenti R. Erdoganning mafkura bo‘yicha maslahatchisi Yolchin Topchi, fan, sanoat va texnologiyalar vaziri Faruk Ozli, Turkiya parlamenti a’zolari, xorijiy davlatlar, Anqarada akkreditatsiyadan o‘tkazilgan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbirga “EcoAvrasya” raisi Hikmet Eren moderatorlik qildi.

X. Eren o‘z nutqida qayd etib o‘tganidek, mazkur birlashma 2012 yildan buyon “Turk xalqlari oldidagi xizmatlari uchun” tanlovini o‘tkazib keladi. Unda mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan taniqli siyosatchilar va iqtisodiyot arboblari mukofotlanib kelinadi.

“Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” tanlovi esa ilk bor ta’sis etildi. Mazkur yuksak mukofot taqdim etilishi Yevroosiyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro foydali munosabatlarni ravnaq toptirishga sezilarli hissa qo‘shgan shaxslar va institutlarga ko‘rsatilgan katta hurmat hamda ehtirom namunasi hisoblanadi.

“EcoAvrasya” uyushmasi boshqaruvi kengashi “Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” tanlovining asosiy nominatsiyasi g‘olibligi uchun turli nomzodlarni o‘rganib chiqdi va uni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga berishga qaror qildi. Yuksak mukofot davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan va nafaqat respublika, balki keng mintaqani o‘zgartirayotgan, materikda iqtisodiy aloqalarni faollashtirishning asosiy omiliga aylangan chuqur hamda jadal islohotlar uchun berildi.

X. Eren O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston, Rossiya, Xitoy, Janubik Koreya, Turkiya bilan o‘zaro aloqalarda misli ko‘rilmagan o‘sishga erishganini alohida e’tirof etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, komissiya a’zolari O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishda qo‘yilayotgan tarixiy qadamlarni katta zavq-shavq bilan kuzatib borishdi va birinchi mukofotni ushbu davlat yetakchisiga topshirishga ahd qilishdi.

Uyushma rahbarining aytishicha, bu boradagi qaror bir ovozdan qabul qilingan.

Ushbu tashkilot boshqaruvi kengashi va uning barcha a’zolari nomidan X.Eren O‘zbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisini sahnaga chaqirdi hamda mukofotni davlat rahbariga butun Yevroosiyo jamoatchiligi oldidagi misli ko‘rilmagan va tarixiy xizmatlari belgisi sifatida topshirishni so‘ragan holda tantanali ravishda taqdim etdi, deyiladi “Jahon” AA xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev “Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun” yuksak mukofotiga loyiq ko‘rildi