18:25 / 23.04.2018
4 851

24 aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

24 aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 24 aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +15 ... +17 daraja, kunduzi +28 ... +30 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +17 ... +22 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +13 ... +18 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +13 ... +18 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +15 ... +20 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +7 ... +12, kunduzi +17 ... +22 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +13 ... +18, kunduzi +25 ... +30 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 24 aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?