13:54 / 25.04.2018
3 872

Turkiya O‘zbekistonda o‘rmonlarni rivojlantirishga 10 mln dollar ajratadi

Turkiya O‘zbekistonda o‘rmonlarni rivojlantirishga 10 mln dollar ajratadi
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati
Turkiya hukumati, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda ushbu tashkilotning o‘rmon sohasini rivojlantirishda sheriklik dasturida ishtirok etuvchi 6 davlat vakillari Samarqandda to‘plandi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

Ular bu yerda o‘tkaziladigan dastur yo‘l xaritasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan uch kunlik seminarda ishtirok etadi.

FAO sheriklik dasturi bo‘yicha 10 million dollar ajratilgan.

Turkiya O‘zbekistondan tashqari yana besh davlat — Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga ham tabiiy resurslarni barqaror boshqarish va o‘rmonlarni himoya qilish bo‘yicha choralar ishlab chiqishda yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turkiya O‘zbekistonda o‘rmonlarni rivojlantirishga 10 mln dollar ajratadi