20:40 / 25.04.2018
5 852

“Его величество Человек” o‘zbekchada qanday bo‘ladi?

“Его величество Человек” o‘zbekchada qanday bo‘ladi?
24 aprel kuni kun.uz saytida “Shomahmudovlar oilasi haykali yana ko‘chiriladi” sarlavhali xabar paydo bo‘ldi. Qo‘yilgan vaqti 14:40. Unda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabariga tayanib, bir vaqtlar Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyi maydonida qad ko‘tarib turgan Shomahmudovlar oilasi haykali yana shu maydonga qaytarilishi haqida ma’lumot berilgan. Unda shunday yoziladi: “Ikkinchi Jahon urushi yillarida turli millatlarga mansub bo‘lgan 15 nafar bolani o‘z qanotiga olgan Shoahmat va Bahri Shomahmudovlar oilasi haqida Rahmat Fayziyevning “Его величество Человек” romani asosida kinorejissyor Shuhrat Abbosovning “Sen yetim emassan” kinofilmi tasvirga olingan va bu film hanuzgacha turli xalqlar orasida sevib tomosha qilinadi”.

Oradan ko‘p o‘tmay 15:22da qalampir.uz saytida “Ana bo‘lmasa! Shomahmudovlar haykali yangi joyga ko‘chiriladi” deb nomlangan xabar paydo bo‘ldi. “Shomahmudovlar oilasi haqida Rahmat Fayziyevning “Его величество Человек” romani asosida kinorejissyor Shuhrat Abbosovning “Sen yetim emassan” kinosi tasvirga olingan va bu film hanuzgacha turli xalqlar orasida sevib tomosha qilinadi” deyiladi Ikrom Rahmon tomonidan berilgan bu xabarda ham.

sputniknews-uz.com sayti 16:03da “Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan yodgorlik o‘z joyiga qaytarilmoqda” deb nomlangan xabarni e’lon qildi.Xuddi shu sarlavhali xabarni bugun gazeta.uz tarqatdi.

Saytlarni kuzatishda davom etamiz, daryo.uz saytida soat 16:57 da “Shomahmudovlar oilasi haykali 10 yildan so‘ng yana eski joyiga ko‘chiriladi” sarlavhali xabar tarqatildi. Saytning ma’lum qilishicha, «Ikkinchi Jahon urushi yillarida turli millatlarga mansub bo‘lgan 15 nafar bolani o‘z qanotiga olgan Shoahmat va Bahri Shomahmudovlar oilasi haqida Rahmat Fayziyevning ‘Его величество Человек’ romani asosida kinorejissyor Shuhrat Abbosovning ‘Sen yetim emassan’ kinofilmi tasvirga olingan va bu film hanuzgacha turli xalqlar orasida sevib tomosha qilinadi”. 24post.uz sayti ham shu so‘zlarni takrorladi.

Ko‘rinib turibdiki. Hamma saytlar bir xil xabarni bergan. Ya’ni shahar xokimiyati matbuot xizmati tomonidan taqdim qilingan xabarni tarqatgan. Ammo saytlardan birortasi ham “Его величество Человек” romani aslida o‘zbekcha yozilib, keyin ruschaga tarjima qilinganiga e’tibor qaratmagan ko‘rinadi.

Bu romanning nomi “Hazrati inson” edi. Ha, “Hazrati inson”.
Sharofiddin Tulaganov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Его величество Человек” o‘zbekchada qanday bo‘ladi?