23:55 / 25.04.2018
5 448

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga borishi ma’lum qilindi

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga borishi ma’lum qilindi
Kecha, 24 aprel kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabariga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Fevraldagi uchrashuv davomi sifatida TIV rahbarlari tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni yanada mustahkamlashning aniq yo‘llari muhokama qilindi.

Vazirlar SHHT davlat rahbarlarining Sindao shahrida bo‘lajak majlisiga va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Raisi Si Szinpinning ikki tomonlama uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashdilar.

Mintaqaviy kun tartibini muhokama qilish chog‘ida Abdulaziz Komilov va Van Yi tomonidan Toshkentda mart oyida bo‘lib o‘tgan va Xitoyning nufuzli delegatsiyasi faol ishtirok etgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali xalqaro konferensiya natijalari yuqori baholandi va Afg‘oniston mojarosini hal etish doirasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklari tasdiqlandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining boshqa dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga borishi ma’lum qilindi