22:54 / 02.05.2018
4 374

3 may kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3 may kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 3 may kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +12 ... +14 daraja, kunduzi +26 ... +28 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +11 ... +16 daraja, kunduzi +27 ... +32 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +13 ... +18 daraja, kunduzi +26 ... +31 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +14 ... +19 daraja, kunduzi +26 ... +31 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10, kunduzi +15 ... +20 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +10 ... +15, kunduzi +25 ... +30 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 3 may kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti