18:00 / 06.05.2018
5 296

Toshkent vokzali yaqinidagi «tanga tutib turgan qo‘llar» haykali olib tashlandi

Toshkent vokzali yaqinidagi «tanga tutib turgan qo‘llar» haykali olib tashlandi
Toshkent vokzali yaqinidagi «Tanga haykali» 4 may kuni kechqurun demontaj qilib olib tashlandi. Bu haqda Facebook’dagi Tashkent Retrospective sahifasida ma’lum qilindi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Ushbu haykal 14 nafar turkistonlik komissarlarga atab o‘rnatilgan boshqa mashhur granit yodgorlik o‘rniga qo‘yilgan edi, deyiladi xabarda. U esa 1996 yilda demontaj qilingan. Biroz vaqt o‘tib, vokzal oldi maydonida uning o‘rnida paydo bo‘lgan «tanga tutib turgan qo‘llar» 20 yilga yaqin shahar mehmonlarini kutib oldi.

Olib tashlangan haykal o‘rnida nima paydo bo‘lishi hozircha noma’lum. Taxmin etilishicha, ushbu rekonstruksiya 9 may bayrami bilan bog‘liq.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent vokzali yaqinidagi «tanga tutib turgan qo‘llar» haykali olib tashlandi