O‘zbekistonni kelgusi ikki yil ichida «katta o‘zgarishlar» kutmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkentda nihoyasiga yetgan o‘zbek-nemis biznes forumida ma’lum qildi.
«Hukumat O‘zbekistonda ochiq iqtisodiyotni shakllantirishga qat’iylik bilan harakat qilmoqda. Ishonchim komilki, kelgusi ikki yil mobaynida mamlakatimizdagi katta o‘zgarishlarga guvoh bo‘lasiz», - deya ma’lum qildi Aripov.
Shu kunlarda O‘zbekistonga Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi eng ko‘p sonli delegatsiyasi tashrif buyurgan. Ular orasida Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank kompaniyalari, shuningdek, kichik va o‘rta biznes vakillaridan iborat katta guruh bor. Bugun Toshkentda Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining 4-yig‘ilishi ham yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aripov O‘zbekiston - Germaniya savdo palatasini tashkil etish taklifi bilan chiqqani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda