13:05 / 17.05.2018
4 402

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 4,8 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 4,8 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi
Vashingtondagi «Bleyr xaus» qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ikki mamlakat vazirlik va kompaniyalari o‘rtasida savdo, energetika, moliya, qishloq xo‘jaligi, fan-ta’lim sohalariga doir qator hujjatlar imzolandi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi munosabati bilan «Villard interkontinental» mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida qariyb 4,8 milliard dollarlik yangi shartnomalar imzolanganini aytib o‘tdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 4,8 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi