19:26 / 21.05.2018
3 561

22 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

22 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 22 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3—8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15—17, kunduzi 25—27 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15—20 daraja iliq, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15—20 daraja iliq, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13—18, kunduzi 25—30 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamolesadi. Kechasi 13—18, kunduzi 26—31 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5—10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13—18, kunduzi 23—28 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5—10, kunduzi 13—18 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 22 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi