19:21 / 22.05.2018
4 098

Ro‘ziyev O‘zbekistonda «internet-xizmatlarning inqilobiy shakli»ni va’da qildi

Ro‘ziyev O‘zbekistonda «internet-xizmatlarning inqilobiy shakli»ni va’da qildi
Foto: O‘zbektelekom
«O‘zbektelekom» internet-xizmatlarning inqilobiy formatini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya ma’lum qildi kompaniya bosh direktori Farhod Ro‘ziyev.

«Biz sizlar uchun internet-xizmatlarning yangi, inqilobiy shaklini tayyorlamoqdamiz. Bu yaxshi tezlikka ega yangi sifat bo‘ladi. Albatta, biz har bir xonadonga darhol 20 yoki 50 Mbit haqida va’da bermaymiz. Bunga ko‘proq vaqt talab etiladi. Shunga qaramay, bu haqiqiy megabitlar bo‘ladi – qog‘ozda emas, balki amalda. Narxlar hamyonbop, yangilangan xizmatlar to‘plami va maksimal tarzda soddalashtirilgan tariflar bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi Ro‘ziyev Toshkentdagi MITCROADMAP2018 anjumanida.

Kompaniya 2018 yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini amalga oshirishni boshlagan. «O‘zbektelekom» rahbari joriy yil oxirigacha vaqt «ma’lum vazifalarni bajarish uchun yetarli» bo‘lishi kerakligini aytdi.

«Avvalambor, bu xalqaro internet-kanalni 10 barobarga kengaytirish bo‘lib, bu bizga ehtiyojlar o‘sib borgani sari kanallarni erkin ravishda kengaytirishga va xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Ro‘ziyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farhod Ro‘ziyev O‘zbekistonda internet bilan bog‘liq muammolar sabablari haqida ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ro‘ziyev O‘zbekistonda «internet-xizmatlarning inqilobiy shakli»ni va’da qildi