Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yil Bryusselga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.
Dushanba kuni Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Vasil Xudak O‘zbekiston hukumatida bankning respublikadagi loyihalar uchun dastlabki kreditlarini ajratish masalasini muhokama qildi.
«Ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil oktyabr oyida Bryusselga amalga oshiriladigan tashrifi chog‘ida imzolanishi kutilmoqda», - deya ta’kidlab o‘tishgan qo‘mitadan.
Xudakning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar ushbu loyihalarning aniq jihatlari bo‘yicha bir qarorga kelgan.
O‘zbekiston hukumati Yevropa investitsiya banki bilan hamkorlikni O‘zbekiston iqtisodiyotiga Yevropa investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish uchun qo‘shimcha imkoniyat deb biladi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa investitsiya banki va O‘zbekiston 2017 yil oktyabr oyida mamlakatda bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilovchi hadli bitimni imzolagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?