4 458
O‘zbekistonda xorijda ishga joylovchi yangi agentlik faoliyati yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellarda ishga joylashish tizimini takomillashtirish va tubdan qayta isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasida O‘zbekistonda xorijda ishga joylovchi yangi agentlik faoliyati yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qilindi.
Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati samaradorligi oshadi.
Manbada ta’kidlanishicha, Agentlik O‘zbekiston fuqarolariga chet ellarda ularning huquqlarini himoyalashda ko‘mak berishi lozim. Bu esa tegishli tayyorgarlik, adaptatsion chora-tadbirlar o‘tkazish va ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarish hamda nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek tashkilot mehnat migratsiyasi loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish va ishchilar mehnat huquqlarini ta’minlashda faol ishtirok etishi kerak.
Hujjat imzolangan taqdirda, Mehnat vazirligida xorijda ishga joylovchi agentlik tashkil qilinadi. Hujjat loyihasiga ko‘ra, chet ellarda xususiy shartnoma bo‘yicha ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari faoliyatini qonuniylashtirish mexanizmini tatbiq qilish taklif qilinmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi