09:43 / 03.06.2018
5 957

Qo‘shma ko‘rsatma ijrosi

Qo‘shma ko‘rsatma ijrosi
Majburiy ijro byurosi Farg‘ona vioyati boshqarmasi tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha soliq qarzdorligi undiruvining samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank o‘rtasida 07.07.2017 yilda imzolangan Qo‘shma ko‘rsatma hamda 10.07.2017 yilda bu boradagi ishlarni tahlil qilib borish uchun chora tadbirlar Dasturi ijro uchun qabul qilingan.

Mazkur Dastur bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Soliq boshqarmasi tomonidan soliq qarzlarini undirish yuzasidan Reja-grafik tasdiqlangan bo‘lib, hamkorlikda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 1352 ta qarzdorlardan 147 mlrd. 341 mln. so‘mlik soliq qarzlari undirilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, 27 mlrd. 750 mln. so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlarga tegishli bo‘lgan texnika vositalari va bino-inshoatlari “Ye-ijro auksion” orqali sotuvga qo‘yildi. Soliq qarzdorligi undiruvi yuzasidan hamkorlikdagi tadbirlar davom etmoqda.
Majburiy ijro byurosi
Farg‘ona viloyati boshqarmasi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qo‘shma ko‘rsatma ijrosi