21:50 / 06.06.2018
5 740

O‘zbekistonda yangi ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

O‘zbekistonda yangi ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
O‘zbekistonda yosh olim va talabalarni hamda tashabbuskor fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

Bu haqda Prezidentning «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida qayd qilingan.

Qarorga ko‘ra, yosh olim va talabalarga hamda tashabbuskor fuqarolarga mamlakatda innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun topshiriladigan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

Ko‘krak nishonining kimga va qaysi xizmatlari uchun topshirilishi alohida qaror bilan belgilab beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yangi ko‘krak nishoni ta’sis etiladi