08:26 / 07.06.2018
6 149

O‘zbekistonda Pensiya tayinlashni qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi

O‘zbekistonda Pensiya tayinlashni qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
6 iyun kuni «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga «Nafaqalar tayinlashni qayta ko‘rib chiqish haqida» yangi petitsiya ovozga qo‘yildi.

Murojaat muallifining yozishicha, qonunchiligimizda jamoa xo‘jaligi (eski kolxozlar)da ishlab, nafaqaga chiqqan shaxslarga davlat tomonidan pensiya tayinlashda noaniqliklar mavjud. Ya’ni mazkur toifadagi pensionerlarga pensiya tayinlash vaqtida ish stajini hisoblashda biroz adolatsizlik bilan yondashilmoqda.

Xususan, arxiv hujjatlariga asoslangan holda jamoa xo‘jaligida ishlagan shaxsning 365 kunlik mehnati bir yil hisobida ko‘rilmoqda. Natijada, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi 25 yil ishlagan bo‘lsa – 11 yil, 37 yil bo‘lgan bo‘lsa – 23 yil, 40 yil ishlagan bo‘lsa – 25 yil hisoblab chiqarilmoqda. Ajablanarlisi, ushbu muddatdan kelib chiqqan holda pensiya miqdori tayinlanmoqda.

"Uzoq yillar umrini jamoa xo‘jaligi ishiga bag‘ishlagan oddiy odamlarga shu yo‘sinda pensiya tayinlanishi adolatdan bo‘larmikan?", deydi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, jamoa xo‘jaligi (eski kolxozlar)da ishlab, nafaqaga chiqqan shaxslarga davlat tomonidan to‘lanadigan nafaqalar tizimini qayta ko‘rib chiqish taklif qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Pensiya tayinlashni qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi