20:17 / 10.06.2018
7 549

O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti bayramida uch kun dam olishadi

O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti bayramida uch kun dam olishadi
O‘zbekistonda Iyd al-Fitr — Ramazon hayiti bayrami uch kun nishonlanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi PF–5290-sonli farmonida o‘z ifodasini topgan.

«Xalqimizning saxovat, mehr-muruvvat va marhamatlilik, birdamlik kabi oliyhimmat sifatlari, shuningdek milliy-diniy qadriyatlarni saqlash va ulug‘lash maqsadida 2018 yildan boshlab Qurbon hayit va Ramazon hayiti kabi muqaddas bayramlarini nishonlash uchun bayram kunlariga yaqin ish kunlariga alohida dam olish kunlarini ko‘chirish yo‘li hisobiga ketma-ket uch dam olish kuni joriy etiladi», — deyiladi prezident farmoniga sharhda.

Farmonga ko‘ra, Qurbon hayitida ham uch kunlik dam olish kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni oy ko‘rinishiga qarab belgilanadi. U Ramazon oyining 29 yo 30 kun bo‘lishidan kelib chiqib, iyun oyining 15- (juma) yo 16-sanasi (shanba)ga to‘g‘ri kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti bayramida uch kun dam olishadi