19:23 / 10.06.2018
4 179

Burchini unutmaslik lozim

Burchini unutmaslik lozim
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda davlat soliq xizmati organi o‘rtasida imzolangan qo‘shma buyruqqa binoan soliq qarzdorliklarini sud tartibida undirish ishlari davom ettirilmoqda.

Qonun hujjatlariga muvofiq soliq qarzdorligi vujudga kelgan taqdirda, to‘lov kechiktirilgan har bir kun uchun ma’lum miqdorda ustama jarima (penya) hisoblanadi. Belgilangan foiz kam miqdorda bo‘lsa ham soliq qarzdorligi miqdorining hajmiga qarab ortib boraveradi va natijada bir muammo ikkitaga aylanadi.

Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda Qo‘shma buyruq asosida tuzilgan DSI va MIB bo‘limlari ishchi guruhlari tomonidan Sirdaryo viloyati bo‘yicha joriy yilning 26-31-may kunlari jami 95 ta qarzdorning mol-mulklari, jumladan 2 ta bino va inshoat, 30 ta maishiy texnika va 63 ta boshqa turdagi mulklar xatlangan. Xatlov jarayoni davrida 107 qarzdorligi mavjud sub’ektlardan 2555.4 mln.so‘mlik soliq qarzi undirildi.

Yuqoridagi qo‘shma buyruqqa binoan bu kabi tadbirlar yil davomida amalga oshirilish belgilab berilgan.
Ushbu qarzdorlik kecha yoki bugun hosil bo‘lmagan. Balki yillar davomida yig‘ilib, loqaydlik va beparvolik natijasida shunday katta summa ko‘rinishiga kelgan. Achinarlisi shundaki, karzdorlar davlat oldidagi qonun bilan belgilangan majburiyatlarini bajarmay kelishib, Majburiy ijro byurosi hamda soliq xodimlari ularning huzuriga borganlaridan so‘ng qarzdorlik to‘lab berilmoqda, demak ularning ixtiyorida mablag‘ bor-u, lekin ular qonunni mensimasdan kelishgan.

Shunday ekan toki sizning eshigingizni taqillatib kelishlaridan avval soliq qarzdorligi mavjud bo‘lsa, o‘z vaqtida buni bartaraf etish choralari ko‘rishingiz lozim, zero so‘nggi pushaymon ...

Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosi
Sirdaryo viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Burchini unutmaslik lozim