19:25 / 10.06.2018
5 449

Samarqandda soliq qarzi undirilmoqda

Samarqandda soliq qarzi undirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Davlat Soliq Qo‘mitasining 2017 yil 7 iyulda tasdiqlangan sud hujjatlariga asosan soliq qarzini undirish borasidagi “Qo‘shma ko‘rsatma”si hamda 2017 yil 10 iyulda tasdiqlangan “Chora-tadbirlar dasturi”ga asosan Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi viloyat Davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davr mobaynida 5.384 ta yuridik shaxslardan 153 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undirilishi ta’minlandi, shundan 2.778 ta yuridik shaxslarning banklarda mavjud bo‘lgan barcha hisobvaraqlaridan 68 mlrd. 468,7 mln. so‘m pul mablag‘lari majburiy tartibda undirilib, soliq qarzdorligi hisobiga yo‘naltirildi.

271 ta yuridik shaxslar tugatilganligi aniqlanib, 7 mlrd. 417,8 mln. so‘m soliq qarzini majburiy tartibda undirish tugatish komissiyalari zimmasiga yuklatildi.

23.257 ta jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘idan bo‘lgan 8 mlrd. 986,9 mln. so‘mlik soliq qarzlarini majburiy tartibda undirish choralari ko‘rildi.

Xatlangan mol-mulklardan jami 37 mlrd. so‘mlik mol-mulklarni “Ye-auksion” elektron savdolari orqali savdosi tashkil etish uchun chiqarildi.
MIB va DSB hamkorlikda soliq qarzlarini qarzdor yuridik shaxslar, va jismoniy shaxslardan majburiy tartibda undirish borasida tadbirlar davom ettirilmoqda.

Majburiy ijro byurosi
Samarqand viloyat boshqarmasi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqandda soliq qarzi undirilmoqda