06:00 / 12.06.2018
5 480

Shavkat Mirziyoyev bugun Farg‘onaga boradi

Shavkat Mirziyoyev bugun Farg‘onaga boradi
9-10 iyun kunlari Xitoyda bo‘lib qaytgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 12 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga safar qiladi.

Kun.uz nashrining xabar berishicha, tashrifdan maqsad joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilishdan iborat.

Shavkat Mirziyoyev o‘tgan oylar davomida O‘zbekistonning barcha viloyatlarida bo‘lib ulgurdi - Farg‘ona oxirgi bekat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev bugun Farg‘onaga boradi