Qaysi oliy ta’lim muassasalarida maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilgan?

  • O‘zbekiston
  • 19-06-2018, 07:58
  • 2 320
  • Қайси олий таълим муассасаларида махсус сиртқи бўлимлар ташкил этилган?
    2018 yil 4 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, bu yil 22ta oliy ta’lim muassasasida maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etildi. Ularga qabul kvotasi 11 765 ta etib belgilandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanaliga tayanib "Sof" nashri xabar bermoqda.

    Ularning 11 750 tasi to‘lov-kontrakt, 15 tasi davlat granti asosida qabul qilinadi.

    Quyidagi oliy ta’lim muassasalarida ko‘rsatilgan kvota bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlarga talabalar qabul qilinadi:

    • Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali — 100;

    • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 1 120 (Toshkent shahar — 810, Termiz filiali — 310);

    • Andijon davlat universiteti — 750;

    • Buxoro davlat universiteti — 720;

    • Guliston davlat universiteti — 600;

    • Qarshi davlat universiteti — 690;

    • Namangan davlat universiteti — 750;

    • Samarqand davlat universiteti — 750;

    • Termiz davlat universiteti — 960 (Termiz shahar — 660, Denov filiali — 300);

    • Farg‘ona davlat universiteti — 690;

    • Urganch davlat universiteti — 690;

    • Navoiy davlat pedagogika instituti — 600;

    • Nukus davlat pedagogika instituti — 750;

    • Jizzax davlat pedagogika instituti — 750;

    • Qo‘qon davlat pedagogika instituti — 750;

    • Chirchiq davlat pedagogika instituti — 690;

    • Toshkent davlat agrar universiteti — 25;

    • O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti — 50;

    • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 100 (15tasi davlat granti asosida);

    • Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti — 90;

    • Navoiy davlat konchilik instituti — 90;

    • Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi — 50.

    » » Qaysi oliy ta’lim muassasalarida maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilgan?
    Яндекс.Метрика