Prezident: «Terilmasa yerda qolib ketsin edi»

  • O‘zbekiston
  • 22-06-2018, 11:28
  • 6 025
  • Президент: «Терилмаса ерда қолиб кетсин эди»
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 21 iyun kuni tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish natijalari tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda prezident Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimovdan hisobot qabul qilgan. Suhbat davomida prezident viloyat hokimidan paxta klasterlari bo‘yicha fikrini so‘ragan.

    Shavkat Mirziyoyev: - Viloyatda qancha paxta klasteriga talab bor?

    G‘ulomjon Ibragimov:
    - Hozircha bittasi ishlayapti. Qolgan tumanlarning barchasida talab bor.

    Sh.M: Tayyorlayapsanmi?

    G‘.I: - Ha, tayyorlanayapti.

    Sh.M: - O‘sha bitta klaster qanaqa ishlayapti?

    G‘.I: - Yaxshi ishlayapti, Shavkat Miromonovich. Davlatniki bilan buning farqi bor.

    Sh.M: - Albatta farqi bo‘ladi. Egasi bor endi, ertaga paxta terimida egasi bo‘ladi. Hozirdan terimni o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, joy joyiga qo‘yish kerak. Bilib qo‘yinglar, endi maktab, kollej, shifoxona, oliygoh, hech qaysi paxta terimiga chiqmaydi.

    Menga kerakmas, unaqa paxtayam, unaqa yutuqlaring ham kerakmas. Butun umr o‘z-o‘zimizni sharmanda qilib keldik. Bor yo‘g‘i bir milliard ikki yuz million so‘m bo‘ladigan narsa uchun butun dunyoga sharmanda bo‘lganmiz. Bolalar mehnati, majburiy mehnat. Kimga kerak edi bu? Menga umuman kerak emas, dalada qolib ketsin edi undan ko‘ra. Klaster o‘zi terib olsin, o‘zi sotsin.

    » » Prezident: «Terilmasa yerda qolib ketsin edi»
    Яндекс.Метрика