18:26 / 02.07.2018
5 869

15 iyuldan eng kam ish haqi miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda

15 iyuldan eng kam ish haqi miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda
15 iyuldan eng kam kam ish haqining oshishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston iqtisod vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev «Gazeta.uz» nashriga. Uning ta’kidlashicha, mazkur o‘sish 7 foizni tashkil etadi.

Mubin Mirzayev 2017 yilning dekabr oyida mamlakatda endilikda har olti oyda oylik maoshning inflyatsiya natijasida yo‘qotilgan qismi konpensatsiya sifatida qaytarilishi, shu bilan oylik maoshning o‘sishi inflyatsiya darajasidan past bo‘lmasligini aytgandi.

Dushanba kuni o‘tkazilgan xalqaro press-klub yig‘ilishida bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov birinchi yarimyillikda inflyatsiya 6,2 foiz bo‘lganini ma’lum qildi.

“Birinchi marta prognozlar darajasiga chiqildi va Xalqaro valyuta fondi bu raqamlarni shubha ostiga olmaydi. Bunga qadar esa XVF bizning ko‘rsatkichlarimizni hech qachon qabul qilmagan”, — deya tan oldi moliya vaziri.

Shundan kelib chiqqan holda, EKIHning kutilayotgan indeksatsiyasi yarimyillikdagi inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘ladi.

Yil oxiriga borib, eng kam maosh ikkinchi yarimyillikdagi inflyatsiya darajasidan kelib chiqib yana bir bor indeksatsiya qilinadi. “Bu byudjetga kiritilgan”, — deya ta’kidladi Mubin Mirzayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 15 iyuldan eng kam ish haqi miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda