12:57 / 10.07.2018
6 096

O‘zbekiston hududlari bo‘yicha eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida yashaydi

O‘zbekiston hududlari bo‘yicha eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida yashaydi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi shu yilning birinchi yarmida mamlakat aholisi 0,7 foizga yoxud 243,4 ming kishiga ko‘payganini bildirmoqda.

Olti oy vaqt ichida 104,9 mingta nikoh va 16,4 mingta ajralishlar ro‘yxatga olindi. Shuningdek, 75,6 mingta vafot etganlar qayd etildi. Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018 yil 1 iyul holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida 3753,3 ming kishini va Farg‘ona viloyatida 3644,9 ming kishini, aksincha eng kam aholi soni Navoiy viloyatida 964,7 ming kishi (2,9 %) va Sirdaryo viloyatida 821,9 ming kishini (2,5 %) tashkil etdi.

Hududlar kesimida aholining eng yuqori o‘sish sur’ati 2017 yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida 2,1 foizni, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 2,0 foiz​ni, Jizzax viloyatida 1,9 foiz​ni, Namangan viloyatida 1,8 foiz​ni, aksincha eng kam o‘sish sur’ati Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,4 foiz​ni va Toshkent viloyatida 1,2 foiz​ni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston hududlari bo‘yicha eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida yashaydi