Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14 iyul kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 22-24, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 23-28, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 23-28, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 22-27, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 23-28, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shavkat Mirziyoyev bir qator davlatlarning TIV rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi U-23. Abbosbek Fayzullayev futbolchilar orasida eng qimmati
Moskvadagi qurilishda migrantlar mushtlashdi (video)