11:28 / 18.07.2018
7 031

O‘zbekistonda yana 7 ta tuman IIB boshliqlari almashtirildi

O‘zbekistonda yana 7 ta tuman IIB boshliqlari almashtirildi
Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV rasmiy saytida xabar qilingan.

Podpolkovnik Saidanvar Saida’loyev IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘iga podpolkovnik Bahrom Sherg‘oziyev yangi rahbar bo‘lgan, Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimini podpolkovnik Avaz Muratov, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimini kapitan Hojiakbar Abdullayev egallagan.

Shuningdek, respublika bo‘ylab yana 7 ta tumanda IIB boshlig‘i o‘zgargan:

Podpolkovnik Dilmurod Ixvoldinov Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Podpolkovnik Azizbek Islamov Andijon viloyati, Paxtaobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Mayor Mansurbek Alixanov Andijon viloyati, Jalaquduq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Kapitan O‘ktam Asqarov Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Podpolkovnik Dilshodjon Umarov Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Podpolkovnik Zokir Suvanqulov Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

Podpolkovnik Shuhrat Abdujabbarov Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i.

Bundan avvalroq Farg‘ona viloyatining 5 ta tumanida va bir shahrida IIBning yangi boshliqlari tayinlangani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yana 7 ta tuman IIB boshliqlari almashtirildi