18:55 / 18.07.2018
5 030

19 iyul kungi ob-havo ma’lumoti

19 iyul kungi ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 iyul kuni Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
da havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 19 iyul kungi ob-havo ma’lumoti