10:28 / 22.07.2018
4 143

Kelasi yildan barcha OTMlarga hujjatlarni onlayn topshirish mumkin

Келаси йилдан барча ОТМларга ҳужжатларни онлайн топшириш мумкин
2019 yildan boshlab O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalariga masofadan turib, onlayn tarzda hujjat topshirish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov kecha bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub sessiyasida ma’lum qildi.

«Ushbu tajribani joriy yil Toshkent davlat yuridik universiteti qabul jarayonida sinab ko‘rdik. Bunga texnik imkoniyatlarimiz yetdi. Demak, ishonch bilan ayta olaman, kelasi yildan barcha universitetlarda onlayn qabul bo‘ladi», - deb aytdi Majidov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kelasi yildan barcha OTMlarga hujjatlarni onlayn topshirish mumkin