13:53 / 23.07.2018
4 508

Eron prezidenti avgust oyida O‘zbekistonga kelishi kutilyapti

Eron prezidenti avgust oyida O‘zbekistonga kelishi kutilyapti
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 2018 yil avgust oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Eron axborot agentligiga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

Mehr News Agency’ning ta’kidlashicha, Eron prezidenti katta iqtisodiy delegatsiyaga rahbarlik qiladi.

Tashrif doirasida Hasan Ruhoniy O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi.

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qiladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Eron prezidenti avgust oyida O‘zbekistonga kelishi kutilyapti